INVEST AL HILAL KSH, bundan buyon “AL HILAL” deb ataluvchi, nomidan Nizom/Ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi Boshqaruv raisi «Kamilov Bahromjon Alimovich» bir tarafdan va Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi «XARIDOR», keyingi oʼrinlarda “Tovar/mahsulot oluvchi” deb ataluvchilar, birgalikda “Tomonlar” deb nomlanib, ushbu  tovar/mahsulot (bundan buyon “Shartnoma” deb nomlanuvchi) Shartnomasini quyidagilar haqida tuzdilar:

  1. SHARTNOMA PREDMETI
    • Shartnoma shartlariga muvofiq, AL HILAL Tovar/mahsulot oluvchiga ariza/soʼrov asosida, AL HILAL tomonidan tasdiqlangan miqdorda tovar/mahsulot taqdim etadi va ushbu bitim shartlari, www.ABAZAAR AL HILAL.uz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan INVEST AL HILAL KSHning mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishning Bosh shartlariga ularga xizmat koʼrsatish va boshqa AL HILAL xizmatlari va mahsulotlarini taqdim etish boʼyicha Shartnoma / arizaga (bundan buyon matnda Shartnoma / Аriza) muvofiq, Tovar/mahsulot oluvchi AL HILALdan olingan toʼliq tovar/mahsulotni qaytarib berishga va undan foydalanish uchun foizlarni toʼlashga rozi boʼladi.
    • Ushbu shartnoma Bosh shartlar va Shartnoma/arizaning ajralmas qismidir.
    • Ushbu shartnomada qoʼllanilgan atama va taʼriflar Bosh shartlarda koʼrsatilgan.

 

  1. SHАRTLАRI VА TOʼLOVI

2.1.3.  tovar/mahsulot valyutasi: O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi;

2.1.4.  tovar/mahsulot berish muddati AL HILAL tomonidan ariza tasdiqlanganidan keyin 10 ish kunidan oshmaydi;

2.1.5. Taqdim etish shakli: naqd pulsiz oʼtkazma;

2.1.7. Toʼlash tartibi: ushbu Shartnomaga ilova qilingan annuitet usuli bilan hisoblangan jadvalga muvofiq.

2.3. Tovar/mahsulot oluvchi tomonidan qabul qilingan  tovar/mahsulotni hisobga olish uchun AL HILAL tovar/mahsulot oluvchiga ilgari imzolangan shartnoma/ariza asosida tegishli hisobvaraqlarni ochadi.

2.4. Tovar/mahsulot oluvchi ushbu bilan AL HILALga barcha hisobvaraqlardan  va Tovar/mahsulot oluvchining O’zbekiston Respublikasining istalgan  banklarida ochilgan  bank kartalaridan AL HILALga to’lashi kerak bo’lgan mablag’larni avtomatik yechib olishga o’z roziligini, ko’rsatma va vakolat beradi.

2.5. Tovar/mahsulot oluvchi qarzdorikni to’lash sanasi sifatida  tovar/mahsulot shartnomasi tuzilgan sanadan ushbu qarzdorikni to’lash jadvalida birinchi to’lov shartnoma tuzilgan oydan keyingi oyda amalga oshiriladi.

 

  1. TOMONLАRNING HUQUQ VА MАJBURIYATLАRI
    • AL HILAL huquqlari:

3.1.1. Zarur hollarda tovar/mahsulot oluvchidan  tovar/mahsulot mablagʼlaridan foydalanganligi haqida maʼlumot soʼrash, shu jumladan  tovar/mahsulot mablagʼlarining maqsad va sabablari toʼgʼrisida ogʼzaki / yozma tushuntirishlar olish.

3.1.2. AL HILAL quyidagi hollarda tovar/mahsulot oluvchidan  tovar/mahsulot muddatidan oldin toʼlashni (hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda) talab qilishga haqlidir:

3.1.2.1. Tovar/mahsulot oluvchi tomonidan ushbu shartnoma, Bosh shartlar va Shartnoma / Аriza boʼyicha qabul qilingan majburiyatlarning buzilishi, bajarilmasligi va / yoki lozim darajada bajarilmaganligida;

3.1.2.2. Ushbu shartnoma va Bosh shartlardan kelib chiqadigan  tovar/mahsulot boʼyicha asosiy tovar/mahsulotni, boshqa toʼlovlarni oʼz vaqtida qaytarmasligida;

3.1.2.3. Bosh shartlarda va Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

3.1.3. Tovar/mahsulot oluvchidan  tovar/mahsulot toʼlovlarini va boshqa toʼlovlarni, zudlik bilan, muddatidan oldin toʼlashni talab qilish, agar quyidagi holatlar yuz bersa va davom etsa:

3.1.3.1. Tovar/mahsulot oluvchining har qanday qarzdorik tovar/mahsuloti boʼyicha (ushbu shartnoma bundan mustasno) majburiyatlarni bajarmaslik;

3.1.3.2. Tovar/mahsulot oluvchining har qanday davlat organi tomonidan mol mulkni yoki boshqa aktivlarini toʼliq yoki har qanday muhim qismini musodara qilish, milliylashtirish yoki boshqa yoʼl bilan ekspluatatsiya qilish, Tovar/mahsulot oluvchining mol-mulkini va boshqa aktivlarini saqlash yoki nazorat qilish, yoki Tovar/mahsulot oluvchining  tovar/mahsulotini toʼlashga toʼsqinlik qiladigan har qanday harakatlarda;

3.1.3.3. Tovar/mahsulot oluvchi yoki unga bogʼliq boʼlgan uchinchi shaxslarga nisbatan har qanday tarzda sud jarayoni yoki jinoiy ishlar boʼyicha fuqarolik ishlari yuritilsa, agar bu Tovar/mahsulot oluvchining toʼlov qobiliyatiga taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlsa.

3.1.4. Oʼz ixtiyori bilan, oʼz mablagʼlari hisobidan, tovar/mahsulot oluvchini ogohlantirmasdan  tovar/mahsulotni toʼlamaslik xavfini sugʼurta qilish.

3 3.1.5. AL HILAL ushbu Shartnomaning 2.4-bandda ko’rsatilgan Tovar/mahsulot oluvchining roziligi asosida Bank va boshqa banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlar va bank kartalaridan, shuningdek bankda ochilgan har qanday Depozit hisobvarag’idan quyidagi mablag’larni avtomatik ravishda hisobdan chiqaradi:

3.1.5.1. To’lovlar jadvali bo’yicha qaytarilish kunida asosiy tovar/mahsulot miqdori;

3.1.5.2. Muddati o’tgan asosiy tovar/mahsulot muddati o’tgan asosiy tovar/mahsulotlar summasi.

3.1.6. Ushbu shartnoma shartlari va tovar/mahsulot oluvchi tomonidan ushbu shartnoma boʼyicha majburiyatlarning bajarilishi toʼgʼrisida qarzdorik byurosi va Qarzdorik Аxboroti Davlat Reestriga maʼlumot berish.

3.2. AL HILAL majburiyatlari:

3.2.1. Tovar/mahsulot oluvchiga AL HILAL tomonidan tasdiqlangan miqdorda tovar/mahsulot taqdim etish;

3.2.2. toʼlovlardan xabardor qilish uchun Bosh shartlarda koʼrsatilgan aloqa kanallaridan foydalanish;

3.3. Tovar/mahsulot oluvchining huquqlari:

3.3.1. Bosh shartlarda koʼrsatilgan aloqa kanallari orqali tovar/mahsulotlar va  tovar/mahsulotni toʼlash shartlari toʼgʼrisida maʼlumot olish;

3.3.2. Istalgan  tovar/mahsulot tovar/mahsulotlarni muddatidan oldin to’liq yoki qisman, to’lash.

3.3.3. Shartnoma tuzilgandan so’ng pul mablag’larini olishdan oldingi davrda bepul tarzda tovar/mahsulot olishdan rad etish

3.4. Tovar/mahsulot oluvchining majburiyatlari:

3.4.1. Toʼlovlar jadvaliga muvofiq ushbu shartnoma va Bosh shartlarida nazarda tutilgan toʼlovlarni oʼz vaqtida amalga oshirish;

3.4.2. AL HILALdan ushbu Shartnoma va Bosh shartlariga muvofiq muddatidan oldin qaytarib berish talabi olingandan keyin olingan  tovar/mahsulotni

3.4.3. 3 kalendar kuni davomida masofaviy aloqa kanallari orqali va / yoki toʼgʼridantoʼgʼri bo’limlarga yoki AL HILAL xizmat koʼrsatish markazlariga tashrif buyurish orqali, ushbu shartnoma tuzilgandan soʼng pasport va boshqa maʼlumotlarning oʼzgarishi, shu jumladan: uyali telefon raqami, ish telefoni, ro’yxatdan o’tgan manzillari, yashash joyi, ish joyi (daromad manbai), familiyasi yoki ismi va Tovar/mahsulot oluvchi tomonidan ushbu Shartnoma va Bosh shartlar boʼyicha oʼz majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qilishi mumkin boʼlgan boshqa holatlarda o’zgarishlar amalga oshirilgan taqdirda Bosh shartlar doirasida va unda belgilangan tartibda AL HILALni xabardor qiladi.

 

4.QAYTARISH TARTIBI

4.3. Аgar har qanday toʼlovlarni amalga oshirish kuni ishlanmaydigan AL HILAL kuniga toʼgʼri keladigan boʼlsa, toʼlov ishlamnaydigan AL HILAL kunidan keyingi kunga oʼtkaziladi.

4.4. Аvtomatik yozib olish xizmati  tovar/mahsulot olgan paytdan boshlab AL HILAL tomonidan faollashtiriladi va Tovar/mahsulot oluvchi ushbu xizmatni AL HILALdan ixtiyoriy olishni qabul qiladi va tasdiqlaydi.

4.5. Tovar/mahsulot oluvchi AL HILAL tomonidan O’zbekiston Respublikasining barcha AL HILALlarida Tovar/mahsulot oluvchiga tegishli AL HILAL kartalaridan, shuningdek yangi ochilgan AL HILAL kartalaridan  tovar/mahsulot toʼlovlari uchun shubhasiz yechib olinishiga rozilik beradi.

4.6. Ushbu shartnoma boʼyicha tovar/mahsulotdorlikni undirish AL HILAL tomonidan avtomatik ravishda quyidagi ketma-ketlikdan amalga oshiriladi:

4.6.1. Аsosiy tovar/mahsulotning muddati oʼtgan miqdori.

4.7. Tovar/mahsulot oluvchi tomonidan  tovar/mahsulot muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda, AL HILAL tomonidan to’lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

4.7.1. asosiy summaning qolgan qismi.

4.8. Qarzdorik muddatidan oldin qisman so’ndirilganda, keying to’lovlar jadvali asosiy tovar/mahsulot qolig’idan annuitet usuli bilan qayta hisoblanmaydi, shartnomada keltirilgan miqdor o’zgarmaydi va bunda to’lovlarni amalga oshirish sanalari o’zgarmaydi.

 

  1. TOMONLАRNING MULKIY JАVOBGАRLIGI VА

NIZOLАRNI XАL QILISH TАRTIBI

5.1. AL HILAL ushbu shartnoma boʼyicha toʼlanmagan mablagʼlarni qaytarishni, barcha hisoblangan boshqa qoʼshimcha talablarni toʼlashni, shuningdek tovar/mahsulotdorning ish haqi, boshqa pul mablagʼlari va uning boshqa likvidli mol-mulki orqali AL HILALga yetkazilgan barcha yoʼqotishlar va zararlarni qoplashni talab qilishga haqlidir.

5.2. Tovar/mahsulotdorning MBX (masofaviy bank xizmati) funksiyalari va  tovar/mahsulot mablagʼlaridan foydalanish bilan bogʼliq barcha harakatlar uchun javobgarlik tovar/mahsulot oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.

5.4. AL HILAL va Tovar/mahsulot oluvchining ushbu shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qoʼllaniladi.

5.5. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan yoki u bilan bogʼliq barcha nizolarni AL HILAL va Tovar/mahsulot oluvchi ikki tomonlama muzokaralar orqali hal qilishga harakat qiladi. Аgar nizo tinch yoʼl bilan hal etilmasa, u holda nizo AL HILALning davlat roʼyxatiga olingan joyidagi Oʼzbekiston Respublikasining qonunchilikka asosan Toshkent Shahar Mirzo-Ulugbek tumanlararo fuqarolik sudida hal qilinishi kerak

5.6. Ushbu shartnomada va Bosh shartlarda koʼzda tutilmagan hollarda, AL HILAL va Tovar/mahsulot oluvchi Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asoslanadi.

  1. 6. BOSHQA SHARTLAR

6.1. Tovar/mahsulot oluvchi AL HILAL tomonidan quyidagi harakatlarga soʼzsiz huquq va rozilik beradi: 6.1.1. Ushbu shartnomada, shuningdek, AL HILAL maʼlumotlar bazasida va / yoki qarzdorik byurosining (keyingi oʼrinda byuro) maʼlumotlar bazalarida saqlanayotgan tovar/mahsulot oluvchining maʼlumotlarini Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq qarzdorik layoqatini baholash maqsadida qayta ishlash. Tovar/mahsulot oluvchi Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlardan xabardor boʼlib, unga muvofiq tovar/mahsulot oluvchining iltimosiga koʼra, maʼlumotlar ishlov beruvchisi toʼliq boʼlmagan, noto’gʼri, eskirgan yoki noqonuniy ravishda olingan va qayta ishlangan, maʼlumotlarni toʼgʼirlashi, yangilashi, qoʼshishi, bloklashi, yoʼq qilishi lozim va bu bir martalik kelishuv shartnomaning majburiyatlari / amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi;

6.1.2. Tovar/mahsulot oluvchining to’lov qobiliyatini skoring modellari bilan baholash jarayonida AL HILAL Tovar/mahsulotdor haqidagi erkin/ochiq foydalanishda bo’lgan har qanday turdagi ma’lumotlardan, shuningdek, ushbu turdagi xizmat ko’rsatuvchilardan olingan ma’lumotlar, agar ushbu ma’lumotlarni olish va ulardan foydalanish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo’lmasa foydalanish huquqiga ega.

6.1.3. Tovar/mahsulot oluvchining ushbu shartnoma va Bosh shartlar boʼyicha majburiyatlarini bajarish masalasida telefon raqamlariga, ijtimoiy tarmoqlarga qoʼngʼiroqlarini amalga oshirish va ularni yozib olish, tovar/mahsulotdorning maʼlum AL HILAL manzillari (rekvizitlari) boʼyicha xatlar, elektron va SMS xabarlarni yuborish;

6.1.4. Tovar/mahsulot oluvchi bilan ushbu shartnoma boʼyicha tovar/mahsulotdorning majburiyatlarini bajarish masalasida muzokaralar (uchrashuvlar) oʼtkazish.

6.2. Tovar/mahsulot oluvchi tomonidan, masofaviy aloqa kanallari orqali AL HILAL operatsiyalari davomida amalga oshirilgan tasdiqlashlar, qogʼoz hujjatdagi yozma imzo bilan bir xil yuridik ahamiyatga ega.

6.3. Tomonlar, raqamli shakldagi hujjatlar, Tovar/mahsulot oluvchi imzolagan bosma hujjatlar bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydilar. Shunday qilib, raqamli hujjat, tomonlar oʼrtasidagi nizolar kelib chiqishida sabab boʼla olmaydi.

6.4.  /mahsulot taqdim etish shartnomasi ushbu shartnomaga muvofiq tarzda tovar/mahsulot mablag’larining kirim qilingan vaqtidan boshlab tuzilgan hisoblanadi va Tovar/mahsulot oluvchi o’z majburiyatlarini to’liq bajargunga qadar amal qiladi.

6.5.  /mahsulotni qaytarish jadvali qayta rasmiylashtirilsa, ilgari mavjud bo’lgan qaytarish jadvali qayta rasmiylashtiruv amalga oshirilgan kundan boshlab o’z kuchini avtomatik ravishda yo’qotadi